Samarqand davlat universiteti olimlarining ham ilmiy loyihalariga keng o‘rin ajratildi...

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 2022-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshiriladigan innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalar ro‘yxatiga Samarqand davlat universiteti olimlarining 720 million so‘mlik 2 ta innovatsion va 1 ta startap loyihalari kiritildi.

    Qarorning 2022-2023 yillarda oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturidan Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining 10 milliard 742 million so‘mlik 18 ta loyihasi o‘rin oldi.

    Mazkur hujjatning 2023-2026 yillarda oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar ro‘yxatiga Samarqand davlat universiteti olimlarining 12 milliard 200 million so‘mlik 5 ta innovatsion loyihasi kiritildi.

Barchinoy HAMIDULLAYEVA
tayyorladi.