Samarqand davlat universitetining Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutiga direktor tayinlandi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektorining buyrug’iga muvofiq Rajabov Toshpo’lat Fayzullayevich Samarqand davlat universitetining Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Toshpo’lot Rajabov 2003-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Mazkur tayinlovga qadar u Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.