“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitida “Fan, jamiyat, texnologiya, turizm, muhandislik, taʼlim, matematika va tibbiyot” (STEAM) nomli xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

    Nufuzli anjumanda Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov, Isroilning Holon texnologiyalar instituti prezidenti, professor Eduard Yakubov, Holon texnologiyalar instituti Ijroiya qo‘mitasi raisi Pridor Adirlar maʼruza bilan ishtirok etdi. Shuningdek, Isroilning O‘zbekiston va Tojikistondagi elchisi Ben-Hillel Zehavit xonim ham ZOOM platformasi orqali onlayn maʼruza qildi.

    Maʼlumot uchun ushbu konferensiya o‘z ishini 5 sentyabrdan boshlab 11 sentyabrgacha Toshkent, Samarqand Buxoro shaharlarida davom ettiradi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.