Bugun, 11-sentyabr kuni Samarqandda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 20-23 daraja issiq bo‘ladi.