Bugun Samarqand davlat universiteti rus va chet el adabiyoti kafedrasi dotsenti Ruben Nazaryan hamda dasturiy injiniring kafedrasi dotsenti Iskandar To‘raqulovlarning tug‘ilgan kuni.

    Dotsent Ruben Nazaryan 1947-yilda tavallud topgan. Bugun 75  yoshni qarshi olgan olim yarim asrdan ortiq vaqt davomida Samarqand davlat universitetida fidoyi mehnat qilib kelmoqda.

    Dotsent Iskandar To‘raqulov 1954-yilda Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 68 yoshni qarshi olayotgan olim uzoq yillardan beri universitetda faoliyat yuritadi

    Ushbu kun munosabati bilan universitet jamoasi har ikkala tug‘ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, ilmiy va mehnat faoliyatida muvafaqqiyatlar, uzoq umr va sihat-salomatlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi