Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va doktorantlari uchun navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi…

Tadbirda xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari: imkoniyatlari va foydalanish tartibi, dissertasiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari, dissertasiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar kabi masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, ilmiy ishlarni moliyalashtirish va tijoratlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Yuqoridagi masalalar yuzasidan fikrlar mulohaza qilinib, takliflar qabul qilindi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.