Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Marjona Malikovaning otasi, Samarqand davlat universiteti dotsenti Abdumajid Xurramov bilan suhbat

    Avvalo, farzandingizni “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlanganidan olgan taassurotlaringiz qanday? Qizingiz mukofotni Prezidentimizdan qabul qilib oldi...

    -Davlatimiz rahbariga katta rahmat. Meni tanigan hamma tanishlarim, yaqinlar, yor-birodarlar tabriklashdi. Barchaga farzandlari ortidan shunaqa qutlovlar eshitish nasib etsin. Butun oilamiz xursand bo‘ldi.  Ota sifatida farzandimning erishgan yutuqlaridan quvonaman. Qizim bilan faxrlanaman

    Qizim 7 yoshidan boshlab shaxmatga  qiziqadi. Onasi bilan shaxmat o‘ynaganimizni ko‘rib o‘rgangan. Marjona hech qachon  birorta shaxmat figurasining qanday yurishini bizdan so‘ramagan. O‘yinni kuzatib bilib olgan.  Keyin mahallamizdagi to‘garakka qatnay boshladi. 8 yoshida viloyat musobaqasida 1-o‘rinni olib, Toshkentga bordi. Shundan beri har yili respublika birinchiliklarida va har xil musobaqalarda ishtirok etib keladi.

    -Uning mag‘lubiyatini qanday qabul qilasiz?

    -Ota-onaga og‘ir bo‘ladi, hatto, nima yeb-nima ichayotganingizni ham bilmay qolasiz. Yana bir farzandim tennis sport turi bilan shug‘ullanadi. U bilan ham shunday bo‘ladi. Har ikkalaovining musobaqalardagi ishtirokini o‘zgacha hayajon bilan kuzatamiz.

    -Marjonananing Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi ishtirokiga to‘xtalsangiz?

    -Olimpiadani katta qiziqish bilan kuzatdik. Biz bilan birga butun O‘zbekiston ko‘rdi, desam yanglishmagan bo‘laman. Har kungi o‘yindan keyin oila davrasida, yaqinlar bilan natijalarni muhokama qilib borardik. Olimpiadada qizlar guruhi birinchi marta qatnashsa-da yomon o‘ynamadi. O‘g‘il bolalar jamoasi chiqiщlari esa tahsinga loyiq bo‘ldi.

    -Farzandingiz musobaqalarda uzoq vaqt  uydan yiroqda bo‘ladi… 

    -Sog‘inaman, albatta, lekin hozir texnologiya juda rivojlangan davr. Bemalol onlayn ko‘rib, gaplashish imkoni bor. Shuning uchun bu holat nisbatan yengil kechadi.

    -44-Butunjahon shaxmat olimpiadasidan so‘ng farzandining shaxmatchi bo‘lishini istovchi ota-onalar juda ko‘paydi. Ularga qanday maslahat va tavsiyalar bergan bo‘lardingiz?

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Iroda Bekmurodova suhbatlashdi
Shavkat Akramov olgan suratlar.