Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsentlari Orziboni Yusupova, Svetlana Umirova, PhD Dinara Islomovalar  tomonidan   O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz  uch yilligiga bag‘ishlab “O‘zbek tilim – o‘z tilim” nomli risola nashr etildi. Ushbu kitob Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida shakllantirilgan. To‘plamdan xalqimiz  iftixori bo‘lgan ona tilimiz xususidagi millatimiz rahnamolarining fikrlari, allomalarimiz ijod namunalari,  shoirlarimiz va yosh qalamkashlarning ona tilimiz ulug‘langan she’rlari o‘rin olgan…

 

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.