Pragadagi Chexiya tabiiy fanlar universiteti Chexiya Respublikasining uchta eng yirik universitetlaridan biridir. “QS University Ranking” ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu universitet Top-1000 talik ro‘yxatda 801-o‘rinni egallaydi.

    Samarqand davat universiteti tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Saodat Jalolova yaqin kunlarda Chexiya Tabiiy fanlar universitetida stajirovka o‘tab qaytdi. Biz tadqiqotchining safar taassurotlari bilan qiziqdik...

    -Pragadagi Chexiya hayot fanlari universitetida iqtisodiyot, menejment, ma’muriyat va kompyuter fanlarini o‘rganish bo‘yicha salmoqli natijalarga ega tadqiqotlar olib borilmoqda, - deydi Saodat Jalolova, - Universitetning iqtisodiyot va menejment fakulteti eng yirik fakultet hisoblanadi. Mening ilmiy ishim “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish” mavzusida bo‘lganligi uchun ushbu fakultet olimlarining tadqiqotlari, ilmiy faoliyati va dars jarayonlari bilan tanishdim. Shuningdek, Chexiya tabiiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilgan ilmiy konferensiyada ham ishtirok etdim.

    Ushbu universitet dars jarayonlarida e’tiborimni tortgan jihati shu bo‘ldiki, talabalar dars jarayonlarida anchayin erkin. Darsda qatnashish-qatnashmasligidan qat’i nazar semestr yakunida berilgan topshiriq va imtihonlarni bajarib, talab qilingan natijalarni ko‘rsatib bera olsa bo‘lgani. Shuningdek, universitetda har bir yo‘nalishda xorijiy guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Universitet ERASMUS dasturining faol ishtirokchisi hisoblanadi.

 

Iroda Bekmurodova,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.