Bugun, 23-oktyabr kuni Samarqandda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 9-14 daraja iliq bo‘ladi.