Bugun, 25-oktyabr kuni Samarqandda qanday ob-havo kuzatiladi?

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ertalab tuman tushadi. Ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 9-14 daraja iliq bo‘ladi.