Samarqand davlat universiteti yadro fizikasi va astronomiya ilmiy-o‘quv laboratoriyasiga MAGATEning UZB0006 “Building Capacity in the Peaceful Use of Nuclear Science and Technologies at the National University of Uzbekistan and the Samarkand State University” loyihasi asosida qimmatbaho qo'shimcha uskunalar olindi. Laboratoriya jihozlari universitet talabalariga 3D-printerlar bilan ishlash, elektron sxemalar va qurilmalarni loyihalash, prototiplash va ishlab chiqarish ko‘nikmalarini egallash imkonini beradi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.