O‘zbekiston–Rossiya III ta’lim forumi doirasida Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston - Rossiya yoshlar forumi tashkil etildi…

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Umidulla Sattarov, Rossiya Federatsiyasi Yoshlar ishlari bo‘yicha Federal agentligi rahbarining o‘rinbosari Denis Ashirov, Shimoliy Kavkaz Federal universiteti rektori Dimitriy Bespalovlar ishtirok etdi.
Tadbirni Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Umidulla Sattarov kirish so’z bilan ochib, barcha ishtirokchilarni samimiy tabrikladi.
Ushbu forumni tashil etishdan asosiy maqsad yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlash va ularni faol tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullantirishdir.
Shuningdek, tadbirkorlik loyihalarini ishlab chiqish bo’yicha fikrlar almashildi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati