“Jaholatga qarshi ma’rifat”

Samarqand davlat universitetida ushbu mavzuda davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda SamDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori, professor Shahzoda Negmatova, rektor maslahatchisi Islom Rustamov, Samarqand shahar din ishlari bo’yicha bosh mutaxassis Rustam Sultonovlar ishtirok etdi.
- Yoshlarning ma’naviyatiga qarshi qaratilgan har qanday tahdid va tajovuz millat xavfsizligiga qaratilgan, - deydi professor Shahzoda Negmatova. – Tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo’lib yashash har birimizning burchimizdir. Bu kabi tahdidlarni barchamiz bir yoqdan bosh chiqargan holda ma’naviy tarbiya bilan yengishimiz darkor.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.