Samarqand davlat universitetiga Erasmus + dasturining O‘zbekistondagi milliy Erasmus + ofisi bosh mutaxassisi Gulshoda Karlibayeva tashrif buyurdi…

Seminarda 2021-2027 yillarga mo’ljallangan Erasmus + ikkinchi bosqich dasturi, Erasmus + Kredit mobility tanlovlari va Jean Monnet kabi tanlovlarda ishtirok etish bo’yicha Samarqanddagi OTM vakillariga batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Samarqand OTMlarida Erasmus+ tomonidan moliyalashtirilgan CBHE loyihalarida erishilgan yutuqlar, natijalar va muammolar yechimlari to’g’risida taqdimotlar o’tkazildi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat Akramov olgan suratlar.