Samarqand davlat universitetida 1-dekabr — OITSga qarshi kurash kuniga bag'ishlab davra suhbatlari o’tkazilmoqda…

Samarqand davlat universitetida 1-dekabr — OITSga qarshi kurash kuniga bag'ishlab davra suhbatlari uyushtirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri biologiya fakultetida o’tkazildi.
Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurash markazi xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.
OITS — bu XX asrning oxirida insoniyat olamida eng muhim va eng dahshatli voqea hisoblanadi, - deydi Samarqand viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori Sardor Ibragimov. - Hozirgi kunda esa XXI asr vabosi boʻlib qoldi.Ushbu kasallikda organizmni ichki va tashqi zararli taʼsir etuvchi taʼsirotlardan himoya qiluvchi – immun tizimi virus taʼsirida izdan chiqadi. Agarda biz tegishli chora-tadbirlar qoʻllamasak, ushbu masalada muammolarning chegarasi yoʻq. Uni “ertaga” qoldirish nafaqat “qaltis” vaholanki “jinoyat” hisoblanishi kerak, chunki, beparvo qarab turuvchilarning “ertangi kuni” ham qolmaydi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.