Samarqand davlat universitetida “11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan professor-o’qituvchilar o’rtasida shaxmat-shashka sport musobaqalari o’tkazildi...

Ushbu musobaqada 100 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdi…
Shaxmat sport turi o’yin natijalariga ko’ra:
1-o’rin SamDU professori Hamza Turobov – kimyo fakulteti;
2-o’rin SamDU Muhandislik fizikasi instituti dotsenti Bahron Shermatov;
3-o’rin SamDU doktoranti Firdavs Tursunov – kimyo fakulteti.
Shashka sport turi o’yin natijalariga ko’ra:
1-o'rin Aktam Himmatov – SamDU ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi bosh mutaxassisi;
2-o'rin Ibrohim Sheraliyev - intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti tyutori;
3-o'rin SamDU dotsenti Alisher Xurramov - matematika fakulteti.
Musoboqa g’oliblari SamDU boshlang’ich Kasaba uyushmasi qo’mitasining esdalik sovg’a va diplomlari bilan taqdirlanadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.