Samarqand davlat universitetiga Rossiyaning Nijigorod davlat lingvistika universitetidan 2 nafar talaba Xudyakova Yekaterina va Malova Yelizavetalar   tashrif buyurgan edi.

    Tashrifdan asosiy maqsad ikkala universitetlar o’rtasida talabalar almashinuvini amalga oshirishdir.

    Ushbu talabalar 25-oktyabrdan boshlab, SamDU filologiya fakultetida amaliyot o‘tamoqda.

    Shuningdek, universitetlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada takomillashtirish, talabalar o‘rtasida qiziqishni oshirish maqsadida  o‘zlarining universiteti haqida taqdimot qilishdi.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.