Bugun Samarqand davlat universiteti fakultetlararo pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, professor Kibriyo Hasanova hamda jahon tarixi kafedrasi dotsenti Mustafo Rahmatullayevlarning tug‘ilgan kuni.

    Dotsent Mustafo Rahmatullayev 1944-yilda tug‘ilgan. 78 yoshni qarshi olayotgan olim sal kam yarim asrdan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi.

    Professor Kibriyo Hasanova 1953-yilda tavallud topgan. Bugun 69  yoshni qarshi olgan olima 44 yildan buyon Samarqand davlat universitetida fidoyi mehnat qilib kelmoqda.

    Ushbu kun munosabati bilan universitet jamoasi har ikkala tug‘ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, ilmiy va mehnat faoliyatida muvafaqqiyatlar, uzoq umr va sihat-salomatlik tilaydi.

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi