Samarqand davlat universiteti huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning 13 nafar o‘quvchisi matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, geografiya fanlari bo‘yicha  Respublika fan olimpiadasining  shahar bosqichida yuqori o‘rinlarga ega bo‘ldi.

    Eng quvonarli ushbu olimpiadada fizika va matematika fanlaridan 3 o‘rinni ham maktab o‘quvchilari sazovor bo‘ldi.     

    Prezident maktablari, Akademik litsey va maktab o‘quvchilari o‘rtasida qizg‘in kechgan viloyat bosqichida fizika fanidan II o‘rinni 9- sinf o‘quvchisi Azizbek Qayumov va 10-sinf o‘quvchisi Nursulton Abrorovlar egalladi.  Matematika fanidan III o‘rinni 10-sinf o‘quvchisi Dilnoza Murodqulova egalladi.

    Shuningdek, Xalqaro olimpiadada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga saralashning I bosqichida ishtirok etish  huquqini  6 nafar o‘quvchi qo‘lga kiritdi.

    Bundan tashqari qolgan fanlar bo‘yicha shahar bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan 13 nafar o‘quvchi viloyat boshqichiga  tayyorlanmoqda…

Abror Ernazarov

Samarqand davlat universiteti huzuridagi

aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab direktori.