Bugungi globallashuv davrida Turkiy davlatlar tashkilotining faoliyati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, bu tashkilotning tashkil topishi  Turkiy dunyoning integratsiyalashuvini tezlashtirdi.  Tashkilotga aʼzo davlatlarning aholisi taxminan 150 million kishini tashkil etadi, ular 4 million 200 ming kvadrat kilometrlik katta va o‘ta muhim geosiyosiy hududda joylashgan. 

    Shuningdek, O‘zbekiston 34 milliondan ortiq aholisi bilan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo bo‘lgan mamlakatlar orasida Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Umid qilamizki, bu tashkilot kelgusi yillarda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda muhim loyihalarni amalga oshiradi.

 

    Yusuf Dolunay Balturk (Turkiya)
    Samarqand davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi