Samarqand davlat universitetida Muhandislik fizikasi instituti, kimyo, biologiya fakulteti iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi…

Seminarda xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Muxtor Nosirov xorijda magistraturada o‘qish, davlat grantlari va stipendiyalar; matematik modellashtirish kafedrasi dotsenti Bekzod Fayziyev xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridan foydalanish; SamDU Innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Xayrullo Xaydarov talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borishlari uchun universitetda mavjud laboratoriyalar faoliyati bo’yicha batafsil ma’lumotlar berdi…
- Yurtimizda eng katta islohot ta’lim tizimiga qaratilmoqda. Samarqand davlat universitetida talabalarning bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, - deydi SamDU xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Muxtor Nosirov. – Kun sayin xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarimiz kuchaymoqda. Bir qator, tanlov va grantlar doirasida chet elda o’qish imkoniyatlari bor. Chet tilini o’rganish, tafakkur qilish bugungi davr talabi bo’lib qolmoqda. Siz til bilsangiz dunyoni ko’ra olasiz, o’zingiz uchun kelajagingizni yaratasiz. Marhamat xorijga o’qishimni davom ettiraman, deb murojaat qilsangiz, barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Sizning yaxshi kadr bo’lib yetishishingiz uchun biz ham xayrixohmiz…
Shuningdek, ma’ruzachilar talabalarga Italiyaning Bolonya, Padovo, Sapiyenza hamda Fransiyaning Gavr universitetlari tajribalari haqida ma’lumot berishdi.
Qolaversa talabalar grant-loyihalar, davlat stipendiyalari bo’yicha qo’shimcha ma’lumotga ega bo’ldi va qiziqtirgan savollariga javob olishdi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.