Samarqand davlat universitetida “Markaziy Osiyo yaylovlari: global muammolar va global imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkaziladi…

Anjuman 2022-yil 15-noyabr kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida, soat 10:00 da boshlanadi.
Xalqaro konferensiyada – Markaziy Osiyo mamlakatlarida yaylovlarni boshqarishni xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish, sohadagi xorijiy va mahalliy olimlar, mutaxassislar o‘rtasida bilim hamda tajribalarni almashish, g‘oyalarni birlashtirishni maqsad qilgan.
Mazkur anjuman AQSHning Nevada (Reno), Yaponiyaning Tottori universiteti Qurg‘oqchil mintaqalarda tadqiqot va ta’lim xalqaro markazi (IPDRE) va Islandiyaning Yerlarni tiklash (GRO LRT) dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.