Xalqaro konferensiyada – Markaziy Osiyo mamlakatlarida yaylovlarni boshqarishni xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish, sohadagi xorijiy va mahalliy olimlar, mutaxassislar o‘rtasida bilim hamda tajribalarni almashish, g‘oyalarni birlashtirish maqsad qilingan.

    Mazkur anjuman AQSHning Nevada (Reno), Yaponiyaning Tottori universiteti Qurg‘oqchil mintaqalarda tadqiqot va ta’lim xalqaro markazi (IPDRE) va Islandiyaning Yerlarni tiklash (GRO LRT) dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.