Samarqand davlat universitetida o‘tkazilayotgan anjumanda yaylov muammolariga yakdil yechim topish, xalqaro miqyosda tajriba almashish imkoniyati yuzaga keladi...

- Hozirgi global sharoitda inson ehtiyojlarining har narsadan ustun qo‘yib kelinishi tabiatga o‘z taʼsirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Ko‘pchilik nazdida yaylov hududlari jamiyat hayoti uchun ahamiyati past omillar qatorida baholanadi. Ammo, Markaziy Osiyo hududlarining ko‘p qismi yaylovlardan iborat ekanligini inobatga olsak, ushbu hududlar aholisi turmush tarzi bevosita yaylovlarga bog‘langanligini ko‘ramiz. Bugungi kunda yaylovlar va ulardagi tabiiy resurslardan foydalanish, ularni boshqarish va nazorat qilish tizimining izdan chiqishi oqibatida bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda. Bu kabi holatlarni kamaytirish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yetarlicha samara bermayapti. Konferensiya tashkiliy jarayonlari davomida O‘zbekiston yaylovlari holati bilan tanishib chiqdik. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston hududida inson omili taʼsiriga uchramagan birorta yaylov yo‘q. Bu holat yaylovlardan foydalanish tizimida muammolar borligini ko‘rsatadi. Anjumanning uchinchi kunida bevosita Samarqand yaylovlarida dala seminarlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur seminarlar davomida aynan shu masala bo‘yicha yakdil yechim topish, xalqaro miqyosda tajriba almashish imkoniyati yuzaga keladi.
Kristina Toderich
Yaponiyaning Tottori universiteti qoshidagi Qurg‘oqchil mintaqalar tadqiqotlari xalqaro platformasi professori