Nufuzli anjuman quyidagi shoʻbalarga bo‘lingan holda o’z ishini olib bormoqda:

    - yaylovshunoslik ilm-fanining hozirgi holati va uning yangi yo‘nalishlari;

    - yaylovlarni boshqarishdagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolar; 

    - yaylovga asoslangan chorvachilik va uni rivojlantirish istiqbollari;

    - yaylov ekologiyasi: o‘simlik, tuproq va hayvonot olami muhofazasi;

    - yaylovlardan foydalanishda taʼlim va amaliyot.

    Ushbu sho’balarda O’zbekiston, AQSH, Germaniya, Mongoliya, Turkiya, Qirg’iziston, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Lesoto, Vengriya, Islandiya, Yaponiya, Xitoy, BAA kabi davlatlardan 100 ga yaqin olimlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda…

 

         Samarqand davlat universiteti

         Axborot xizmati,

         Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.