Samarqand davlat universiteti talabalariga koreyalik professor dars bermoqda…

Janubiy Koreyaning Dongguk universiteti professori Youn Myung Chul Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabalariga “O’rta Osiyoda qadimiy diniy qarashlar” fanidan dars bermoqda.
Olim joriy o’quv yildan boshlab, SamDU tarix fakultetida o’z faoliyatini boshladi.
- Professor Youn Myung Chul yuqori ilmiy salohiyatga ega. U nafqat tarixchi, balki shoirdir, - deydi SamDU tarix fakulteti magistranti Alisher Jabborov. Faoliyati natijasida 160 maqola, 70 kitob nashr ettirgan. Shundan 10 tasi she’riy kitob hisoblanadi. Dars o’tish jarayonida O’rta Osiyo va Osiyo tarixini taqqoslanishi, talabaning mavzuni oson va esda qolarli tarzda egallashiga ko’maklashadi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.