Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Hakim Xushvaqtov matematika hamda intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetining iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi.

    Seminarda yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotganini bilish maqsadda har bir talaba bilan muloqot  qildi. Ilmiy izlanishlar uchun lozim bo’lgan sharoit va takliflar bilan qiziqdi.

    Qolaversa, talabalarga “Start up” loyihalarni rivojlantirish borasida bir qator tavsiyalar berdi.

    Shuningdek, SamDU xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Muxtor Nosirov xorijda magistraturada o‘qish, davlat grantlari va stipendiyalar bo’yicha to’xtalib o’tdi.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.