Samarqand davlat universitetida ijara xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorligi, talabalarga yaratilgan sharoitlar, gaz, suv, elektr ta’minoti holatini monitoring qilish ishlari davom etmoqda.

    Shu munosabat bilan SamDU da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi. Tadbirda viloyat FVB xodimlari, universitetning yoshlar masalasi bo’yicha  mas’ullari,  bo‘lim boshliqlari va tyutorlar ishtirok etdi.

    Seminarda har bir tyutorga FVB xodimlari biriktirildi. Hamkorlikda kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan ijara xonadonlarini o‘rganishga kelishildi.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.