Ochiq muloqot…

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o’rinbosari Otabek Xasanov Samarqand davlat universitetining bitiruvchi kurs va magistrantlari bilan uchrashdi. Bundan maqsad zamonaviy kadrlar tayyorlash, iqtidorli yoshlarni tizimli qo’llab-quvvatlash, bitiruvchilarni mutaxassisliklari doirasida bandligini ta’minlash istiqbollari bo’yicha ochiq muloqot o’tkazishdir.
Tadbir davomida Otabek Xasanov tashkilotning ijtimoiy tarmoqlari, xususan, vacancy.argos.uz sayti orqali bo’sh ish o’rinlarini topishdagi tavsiyalarni berdi.
- 2019 – 2022- yillar oralig’ida Samarqand oliy ta’lim muassasalarida 26 ming talaba o’qishini tamomlagan. Shundan davlat xizmatlarida band bo’lgan 55 foiz ulush Samarqand davlat davlat universiteti bitiruvchilarini tashkil qilmoqda, - deydi Otabek Hasanov. – Ushbu ko’rsatkich ham Samarqand davlat universitetida ta’lim sifatini yuqoriligini va yetuk kadr tayyorlab berishini ko’rsatib bermoqda… Bugungi uchrashuvimizdan asosiy maqsad, o’qishni yakunlab qayerga ishga kiraman, yoki qanday ishga kirsam bo’ladi degan savollarga javob topishdir. Bu bo’yicha barcha savollaringizga javob berishga tayyorman. Kelajagingiz nafaqat siz uchun, balki jamiyat uchun ham muhimdir…
Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Shuningdek, bir qator takliflarini ilgari surdi. Ma’ruzachi tomonidan har bir ishtirokchining fikri tashkilotni rivojlanishi uchun muhimligiga ishonch bildirdi.
Tadbir so’ngida Otabek Xasanov savol-javoblarda ishtirok etgan faol talabalarga muallifligidagi “Liderlar” kitobini sovg’a qildi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.