Prorektorlar va talabalarning uchrashuvi davom etmoqda…

Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Hakim Xushvaqtov va xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Akmal Axatovlar filologiya, geografiya, tarix, yuridik fakultetining iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi.
Seminarda yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotganini, xorijda magistraturada o’qishni davom ettrish istagini bilish maqsadda har bir talaba bilan muloqot qilindi.
Ilmiy izlanishlar uchun lozim bo’lgan sharoit va takliflar bilan qiziqdi. Qolaversa, talabalarga “Start up” loyihalarni rivojlantirish borasida bir qator tavsiyalar berdi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Akmal Axatov xorijda magistraturada o‘qish, davlat grantlari va stipendiyalar bo’yicha to’xtalib o’tdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.