Samarqand davlat universitetida Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Unda Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Sharofat To‘xliyeva, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Po‘latova, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Umida Abdullayeva va universitet ayol xodimlari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

    Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar xotin-qizlar va ayollar huquqi har sohada ustuvor qo‘yilayotgan bugungi zamonda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning maqsad va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, bu borada amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida to‘xtaldi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.