“25-noyabr – xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni”ga bag‘ishlab davra suhbati tashkil etildi…

Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida SamDU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan “25-noyabr – xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni”ga bag‘ishlab “Men rahbar ekanman, bu yurtda ayol kishi xo‘rlanmaydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar “Inson go‘zal xulq-odobi bilan azizdir” mavzusida atroflicha fikr bildirib, jamiyat hayotida ayollar huquqini mustahkamlash, ularga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda bu borada rahbar xodimlarning mas’uliyat va vazifalari haqida to‘xtaldi. Shuningdek, SamDU psixologi Roziya Namozova tomonidan berilgan zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar ruhiyatidagi muammolarni bartaraf qilish yo‘llari borasidagi maslahat va tavsiyalar tinglovchilarga nihoyatda foydali bo‘ldi
Tadbir davomida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. “Qizlarjon” klubi a’zolari bo‘lgan iqtidorli qizlar tikuvchilik, sartaroshlik, pazandachilik bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati