Agar sen hozir uxlab qolsang, albatta tushingda orzuingni ko‘rishing mumkin. Agar sen o‘zingda iroda topib, uyquni bilim olishga almashtirsang, unda sen baxtli kelajaging uchun orzuingni amalga oshira olasan.

    Sen juda kech bo‘ldi deb o‘ylaganingda, aslida hammasi uchun hali erta.

    Bilim olish azobi - vaqtinchalik, bilimsizlik azobi esa bir umrlikdir.

    Bilim olish bu vaqt o‘tishi emas, balki u izlanish va tirishqoqlikdir.

    Hayot bu faqat bilim olish degani emas, ammo, agar sen hayotning shu qismidan ham o‘ta olmasdan, eplay olmasang va nolisang, unda savol tug‘iladi: sen o‘zi nimaga qodirsan?

    Zo‘r g‘ayrat va shijoat yig‘indisi bu rohatdir. Har bir ishda g‘ayratli va shijoatli bo‘l!

    Kimki barchasini oldindan va shijoat bilan bajarsa, shu insongina o‘z omadidan bahra olishi mumkin.

    Barcha narsaga ulgurish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Biroq, omad o‘z ustida doim ishlaydigan va qatʼiy insonlar bilan birga bo‘ladi.

    Vaqt to‘xtamaydi, uni to‘xtatishga ham urinma, faqat undan unumli foydalanishni o‘rgan.

    O‘z kelajagi uchun biror narsa sarflaydigan insonlar bular – o‘qimishli realistlardir.

    Kelajakda sening maoshing hajmi bu sening bilimingga, ilm olishingga nisbatan proporsionaldir.

    Bugungi kun, bugungi daqiqalar hech qachon qaytarilmaydi.

    Hatto hozir sening dushmanlaring kitob varaqlayapti, vaqting bekorga ketmasin!

    Peshonang terlamasa, ilming yo‘q bo‘lsa, pul topishing juda qiyin.