Samarqand davlat universitetida Rossiya xalq xo’jaligi va davlat xizmati akademiyasi ekspert vakillari Ilmira Shamsiddinova hamda Svetlana Starsevalar “Inson resurslarini boshqarish” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish kurslarini o’tdi. Darslar gibrid shaklida, ya’ni onlayn va oflayn tarzda o’tkazildi. O’quv kurslariga muvaffaqiyatli ishtirok etgan 24 nafar Samarqand davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Ipak yo’li” turizm xalqaro va madaniy meros universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Samarqand filiali professor-o’qituvchilariga sertifikat topshirildi.

    - Bu bizning mazkur universitetlar bilan hamkorligimizdagi ilk o'quv trening. Maqsadimiz oliy ta'lim tizimida kadrlarning zamonaviy kompetensiyalik darajasini oshirish, inson resurslarini boshqarishdagi ahamiyatli jihatlari xususida ilg'or tajribalarni o'rtoqlashish, - deydi Rossiya xalq xo’jaligi va davlat xizmati akademiyasi direktori o’rinbosari Svetlana Starseva. - Endilikda hamkorligimiz davom etadi. Nafaqat o'qituvchilar, balki talabalarning ham amaliy jarayonlarini Moskvada tashkil etishni niyat qilganmiz.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.