“Fransiyada moda olami” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi…

Samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san’at fakulteti talabalariga Fransiyaning Angulem universiteti tadqiqotchisi Eloiz Buatello “Fransiyada moda olami” mavzusida mahorat darsi o‘td. Unda Fransiyaning moda olami tarixi, buyuk modelyerlari va ularning asarlari xususida atroflicha ma’lumot berildi. Fransuz xalqining mashhur moda brendlari kelib chiqishi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar tinglovchilar uchun nihoyatda foydali bo‘ldi. Dars davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.