Samarqand davlat universitetida "Феномен Амира Тимура" nomli kitob taqdimoti o'tkazildi…

Samarqand davlat universitetiga Xaydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bundan maqsad Ozarbayjon yozuvchisi, jurnalist va siyosatshunos Temur Atayevning "Феномен Амира Тимура" nomli kitob taqdimotini o’tkazishdir.
Tadbirda SamDU professor-o’qituvchi va talabalari, kitob muallifi Temur Atayev, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori Erkin Nuriddinov, O’zMU professori Niginaxon Shermuhammedovalar ishtirok etdi.
Muallif o’zbek va ozarbayjon xalqlari tili, madaniyati, dini, tarixi bir bo‘lgan kuchli xalq ekanligini ta’kidlab, bugungi kunda tomonlarning xalqaro hamkorligi ikki davlatning ravnaqi uchun xizmat qilishini alohida e’tirof etdi.
- "Феномен Амира Тимура" nomli kitob bilan tanishib chiqdim. Muallif Amir Temur haqida o’quvchiga taqdim etayotgan biografik asarida uning harbiy va siyosiy qarorlariga ta’sir ko’rsatgan omillarga murojaat qilib, bu g’ayrioddiy shaxsni ochishga harakat qilgan - deydi TDPU professori Erkin Nuriddinov. – Shuningdek, Temur davlatining asosiy elementlari ochib beriladi. Bosqinchilarning aqlbovar qilmaydigan shafqatsizligi haqidagi ba’zi afsonalar shubha ostiga olinadi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.