Hayot kurashdan iborat. Bu kurashda faqat kuchli bilim va salohiyatga ega bo‘lganlargina g‘olib bo‘ladi. Sizning ertangi kelajagingizni ilm-maʼrifat nuri yoritadi. Shunday ekan, baho yoki diplom uchun emas, oldingizda turgan porloq kelajak uchun o‘qing. Bugungi zamonda yaxshi yashash degan masala, eng avvalo, moddiyatga borib taqaladi. Bu ayni haqiqat. Jamiyatning intellektual salohiyati qanchalik boy bo‘lsa, u iqtisodiy jihatdan ham boy bo‘ladi. Universitet siz, yoshlarga yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘lboshchi xolos. Siz hayotdagi o‘rningizni o‘z bilimingiz va mehnatingiz evaziga topasiz. Kelgusi hayotingiz sifati sizning bilimingiz bilan yuqori bo‘ladi.

    Domla maʼruza o‘tdi, bilim olish degani emas. O‘qituvchi darsda 20-30 foiz bilim berishi mumkin. Talaba 70-80 foiz bilimni o‘z ustida ishlab, izlanib egallaydi. Qachonki shu qoidaga amal qilsa, u ilmli bo‘ladi. Hammasi xohishga bog‘liq. Sizga biror narsa bahona bo‘lolmaydi. Mustaqil talim olish mustahkam bilim poydevoridir...

 

Rustam Xolmurodov
Samarqand davlat universiteti rektori, 
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, 
Oliy Majlis Senati aʼzosi.