Kechki ta’limda tahsil oluvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi...

Samarqand davlat universitetida kechki ta’limda tahsil oluvchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ochiq suhbat tarzida tashkil etilib, unda o‘quv-uslubiy boshqarma vakillari talabalarning o‘quv jarayonlari va yakuniy nazorat tizimi haqidagi savollariga javob berdi.
Suhbatlarda dastlab bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bilim va salohiyatga ega yoshlarning jamiyatdagi o‘rni haqida alohida ta’kidlandi. Shundan so‘ng uchrashuv savol-javob va ochiq muloqot tarzida davom etdi. Unda talabalar universitet ichki tartib qoidalari, o‘quv jarayonlari va yakuniy nazorat tizimi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bu kabi uchrashuvlar talabalarning universitet hayoti bilan yaqindan tanishishlari hamda o‘qishlari davomida o‘zlari tanlagan yo‘nalishni mustahkam o‘qib-o‘rganishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Savol-javoblarda yakuniy imtihonlar bilan bog‘liq muhim masalalarga aniqlik kiritish bilan bir qatorda o‘quv jarayonlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.