Nufuzli anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov kirish so‘z bilan ochdi. Shundan so‘ng, Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov so‘zga chiqib, bugungi kunda inson huquqlari ta’limining ahamiyati haqida to‘xtaldi. 

    Mahorat darslari gibrid formatda o‘tkazilib, unda respublika va xalqaro oliy o‘quv yurtlari, yuridik ta’lim muassasalari va sohaga oid bir qator tashkilotlardan 6500dan ortiq vakillar qatnashmoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.