Samarqand davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi nishonlandi…
1992-yil 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan Samarqand davlat universitetida bayram keng tarzda nishonlandi.
Dastlab, O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan bilan boshlangan tadbir, professor-o’qituvchilarning ma’ruzasi, talabalarning ijodiy chiqishlari bilan davom etdi.
Ma’ruzachilar konstitutsiyaning yaratilish tarixi, rivojlanishi, davlatchiligimizda uning ahamiyati to’g’risidagi ma’lumotlarni havola qildi. Tarixiy faktalar asosida konstitutsiyaning mazmun-mohiyati ochib berildi.
Tadbir davomida, Samarqand davlat universitetining bir qator tyutorlariga 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tashakkurnomalar topshirildi.
Shuningdek, filologiya fakulteti tyutori Gulchehra Mustafaqulova tyutorlar o’rtasida o’tkazilgan “Islohotlar bilimdoni” tanlovining “Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasi bo’yicha 1-o’rinni qo’lga kiritganligi uchun diplom bilan taqdirlandi…
Samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san’at fakulteti talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.