Iqtidorli guruh talabalari bilan uchrashuv davom etdi…
Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish, Agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi institutlari hamda filologiya, yuridik, tarix, intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari, geografiya va ekologiya fakultetlarining iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi.
Isteʼdodli yigit-qizlarga chet tilini o‘rganishning muhim ahamiyati haqida tushuncha berildi. Tinimsiz izlanish, mustaqil ravishda darslarni o‘zlashtirish qanday natija berishi misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, o‘qishning magistratura bosqichini xorijda davom ettirish imkoniyati borligi alohida taʼkidlandi.
Talabalarning fikr-mulohazalari eshitilib, ular uchun yana-da yaxshiroq sharoitlar yaratilishi bildirildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.