Samarqand davlat universitetida qozoq tili va madaniyati markazi ochildi…
Samarqand davlat universitetida qozoq tili va madaniyati markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Ushbu markaz Qozog’iston Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi ko’magida tashkil etildi.
Tantanali tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov, Qozog’istonning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamkulov, Qozog’iston Milliy pedagogika universiteti rektori Tilep Bolat, Abay viloyati hokimi o‘rinbosari Adilbek Musabaev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Nasimov, SamDU filologiya fakulteti dekani, professor Jo’liboy Eltazarov va boshqalar ishtirok etdi.
Mazkur markazning ochilishidan asosiy maqsad hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, xalqaro anjumanlar, stajirovkalar tashkil etish, qozoq tili, madaniyatini yanada chuqurroq o’rganishdan iborat.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.