Samarqand davlat universitetiga Isroilning Holon texnologiya instituti prezidenti Eduard Yakubov tashrif buyurdi.
 
    Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Samarqand davlat universiteti va Holon texnologiya institutida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan 11 nafar yigit-qizga bakalavr qo‘shma diplomi topshirildi.
     Ma’lumot uchun, tomonlar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha 2019 yilda hamkorlik memorandumi imzolangan. 30 dan ortiq talabalar amaliy matematika va informatika, kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oldi.
 

Samarqan davlat universiteti
Axborot xizmati.