Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov iqtidorli talabalarga biriktirilgan professor-o’qituvchilar bilan uchrashdi.  

    Muloqotda iqtidorli guruh talabalarini yangicha uslubda o’qitish muhokama qilindi.  

    Iste’dodli talabalar bilan ishlashning zamonaviy tizimi ishlab chiqilishi lozimligi ta’kidlandi.  

    Yigit-qizlarning chet tillarini chuqurroq o’rganishi, kelajakda o’qishini xorijda davom ettirishi muhimligi aytildi.  

    Uchrashuv so’ngida fikr-mulohazalar eshitilib, mutassadilarga kerakli topshiriqlar berildi. 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.