Ochiq dars: "Samarqand viloyati toponimiyasi"
Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti Shahnoza Valiyeva geografiya va ekologiya fakulteti 302-guruh talabalariga "Toponimika" fanidan "Samarqand viloyati toponimiyasi" mavzusida ochiq dars o‘tdi.
Ma’ruza davomida Samarqand viloyatining oronimlari, gidronomlari va oykonimlari haqida ma’lumotlar berildi. Ularning etimologik tahlili o‘tkazildi va klassifikatsiyalandi. Qadimgi sanskrit, arab va fors tillarida Samarqand nomining ma’nosi yoritildi.
Viloyatda mavjud tarixiy joy nomlari haqida hikoyalar, rivoyatlar va afsonalarga ham to‘xtalib o‘tildi hamda dars davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llanildi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun juftini topish, anogramma, geografik diktant va aqliy hujum kabi metodlardan foydalanildi. Dars bahs-munozaralarga boy va qiziqarli o‘tdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.