Fransiyaning Angulem universiteti tadqiqotchisi Eloiz Buatello Samarqand davlat universitetining tarix fakulteti talabalariga “Fransiya muzeylari dunyo nigohida” mavzusida mahorat darsi o’tdi.  Unda Fransiyaning dunyoga mashhur muzeylari, ularning ochilish tarixi, boy eksponatlari, ayniqsa hozirgi kunda Luvr muzeyida tashkil qilingan “O‘zbekiston vohalarining mo’jizalari. Karvon yo’llari chorrahasida” ko’rgazmasi va Arab dunyosi institutida tashkil etilgan “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo’jizalari” namoyishi haqida ma’lumotlar berildi.

    Bu ko’rgazma nafaqat Fransiya xalqi balki butun Yevropada katta qiziqish uyg’otayotganini alohida e’tirof etdi. Dars davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.