Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Rustam Yo’ldoshev ishtirokida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.  Yig’ilishda HEMIS dasturidan foydalanish, darslar samaradorligini oshirish, taqdimotlar tayyorlashda zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish, o’quv jarayonini raqamlashtirish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, talabalar bilimini baholash, ularning natijalarni rasmiylashtirish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

    - Bugungi kunda talabalarni o’qishga jalb qilish uchun zamonaviy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz oldin talabaga qanday dars o’tishimiz kerakligini yaxshilab tahlil qilishimiz kerak, - deydi SamDU prorektori Rustam Yo’ldoshev. – Bugungi yig’ilishimiz ham aynan ta’lim sifati samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ish bor joyda kamchilik bo’ladi. Avvalo, shu kamchilikni to’g’rilashni o’zimidan boshlaylik... HEMIS dasturi butun dunyo bo’yicha ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan. Bu tizimda ishlash uchun barchamiz hamjihatlikda, bir marra va maqsadni ko’zlab harakat qilsak, asosiy natijaga erishamiz…

    Seminar davomida professor-o’qituvchilarga ta’lim sifatini oshirish bo’yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.