Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida “Nemis univesitetlari haftaligi” doirasida mahorat darsi o’tkazildi…

Samarqand davlat universitetida “Nemis universitetlari haftaligi” doirasida tarix fakulteti talabalari uchun Germaniyaning Bamberg universitetida tadqiqot o’tagan xalqaro ta’lim dasturlari markazi direktori Sardor Umarov “Germaniya va O‘zbekistonning tarixiy aloqalari” mavzusida mahorat darsi o’tdi.
Shuningdek “Jahon tarixi” kafedrasi o’qituvchisi Muhtaram Yakubova “Markaziy Osiyoga qilingan ekspeditsiyalar tarixidan” mavzusida nemis olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati) loyihasida grant olish imkoniyatlari to’g’risida alohida to’xtaldi hamda Bamberg universitetida olib borgan tadqiqotlari haqida taqdimot namoyish qildi.
Seminar-trening davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.