Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetida “Germaniya universitetlari haftaligi” doirasida seminar darsi o’tkazildi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/639845af42618-639845af4261b-639845af4261d-639845af4261e.jpg)
Samarqand davlat universitetida “Nemis univesitetlari haftaligi” tadbirlari doirasida biоlogiya fakulteti talabalari uchun “Germaniya tabiati va biologik tadqiqotlar” mavzusida mahorat darsi o’tkazildi. Ayni vaqtda Germaniyaning Trier universitetida tadqiqot olib borayotgan botanika kafedrasi dotsenti Akbar Ahmedov tadbirda Zoom platformasi orqali ishtirok etib, olib borayotgan tadqiqoti, olinayotgan natijalar va Trier universitetida o’qishni xohlovchilar uchun kerakli ma’lumot va tavsiyalarni sanab o’tdi.
Shuningdek, o’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi o’qituvchisi Abubakir Qo’shboyev xorijda olib borgan biologik tadqiqot natijalari bilan talabalarga taqdimot namoyish qildi.
Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.